Militaoning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 08:26
Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Eder Militao Braziliya terma jamoasi safida jarohat oldi. 26 yoshli futbolchi mushaklari shikastlangani uchun jamoaani tark etdi. U JCH-2026 saralashida "pentakampeonlar"ning sentyabrdagi ikkala o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi.

Jurnalist Mario Kortejananing aytishicha, markaziy himoyachining tiklanishi taxminan 10-15 kun davom etadi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchining La Liganing navbatdagi “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinida (14 sentyabr) maydonga tushishi dargumon, shuningdek, Chempionlar ligasi asosiy bosqichining 1-turi doirasida Germaniyaning “Shtutgart” (17 sentyabr) bilan o‘yindan chetda qolib ketish xavfi bor.

Joriy mavsumda Eder Militao Karlo Anchelotti jamoasida beshta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati