Real Modrichdan terma jamoadan ketishni talab qilganmi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 08:02
"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich shu kunlardan birida o‘zining 39 yoshini nishonlaydi, biroq Xorvatiya terma jamoasini tark etish haqida hali o‘ylamayapti.

Ba’zi taxminlarga ko‘ra, "Real Madrid" yarim himoyachi terma jamoadagi o‘yinini yakunlab, bor e’tiborini klubga qaratishini xohlagan, ammo u "shashkachilar" safini tark etishdan bosh tortgan.

"Bu umuman yolg‘on. Shu sababdan “Real” bilan hech qachon muammoga duch kelmaganman. Klubning noroziligi haqida ko‘p narsa yozilgan va aytilgan bo‘lsa kerak, lekin yakunda eng muhimi men xohlagan narsadir. Men qaror qabul qiladigan odamman.

Boshqalar rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, qarorim qabul qilindi, murabbiy va Federasiya meni terma jamoaga jalb etishni xohlayotganidan xursandman", - dedi Modrich.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati