Para yengil atletikachi Husniddin Norbekov — uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 06:12
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi.E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.Ma’lumot uchun, Husniddin Norbekov bundan avval Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.Shuningdek, Norbekov Paralimpiya o‘yinlari rekordini (16.82 metr natija) yangiladi. Ma’lumot uchun, bundan avvalgi rekord 2008 yil Pekinda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida xitoylik Guo Vey tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘shanda xitoylik sportchi 16.22 metr natija qayd etgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati