Britaniya Isroilga ayrim turdagi qurollarni sotishni to‘xtatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 23:56
Buyuk Britaniya hukumati ayrim qurollar xalqaro huquqiy me’yorlarni buzgan holda ishlatilishi mumkinligidan xavotirlanib, ularni Isroilga eksport qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qaror qurol eksporti uchun berilgan 350 ta lisenziyadan 30 tasiga amal qiladi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi gap Isroilga qurol yetkazib berishni to‘liq taqiqlash haqida ketmayotganini aytdi. U London yahudiy davlatining o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini ta’minlashga sodiqligini bildirdi.

Vazir taqiq Isroil G‘azo sektoridagi urushda foydalanishi mumkin bo‘lgan qurollarga ta’sir qilishini aytdi. Mazkur taqiqni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qoraladi

“HAMAS 6 nafar isroillik garovdagilarni ‘qatl etganidan’ bir necha kun o‘tgach, Britaniya hukumati Isroilga qurol eksport qilish uchun 30 ta lisenziyaning amal qilishini to‘xtatdi. Bu sharmandali qaror yahudiy davlatining 1200 kishisini, jumladan, 14 nafar Britaniya fuqarosini vahshiyona o‘ldirgan HAMASni mag‘lub etish bo‘yicha qat’iyatini o‘zgartirmaydi. Isroil Britaniya quroli bo‘ladimi yoki usiz mazkur urushda g‘alaba qozonadi va barchamizning umumiy kelajagimizni ta’minlaydi”, dedi u.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati