JCH-2026 saralash. Eron Qirg‘izistonni kichik hisobda yengdi, Qatar o‘z uyida BAAga yutqazdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 23:10
Osiyo mintaqasida JCH-2026 saralashining 3-bosqichi 1-turi doirasida "A" guruhidan o‘rin olgan yana ikki o‘yin o‘z yakuniga yetdi.Eron terma jamoasi o‘z maydonida Qirg‘izistonni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 34-daqiqada Mehdi Taremiy tomonidan kiritildi. Qatar esa o‘z uyida Birlashgan Arab Amirliklari jamoasini qabul qilib, kutilmaganda, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mezbonlar 38-daqiqada Ibrohim al-Hassan tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishgandi. Ammo ikkinchi bo‘limdagi xatolar tufayli Qatar mag‘lubiyat alamini tortdi. Amirlik futbolchilar qarshi hujumlarda raqibni 3 marta jazoladi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. JCH-2026 saralash. 3-bosqich. "A" guruhiERON - QIRG‘IZISTON - 1:0Gol: Mehdi Taremiy (34)QATAR - BAA - 1:3Gollar: Ibrohim al-Hassan (38) — Harib Abdulla Suhayl (68), Xolid Ibrohim (81), Ali Solih (90+4)












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati