Sirdaryoda odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol ushlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-09-2024, 23:06
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni uch nafar tanishi bilan chegara postida to‘xtatgan. U o‘zi bilan birga bo‘lgan ayollar uning qo‘shnilari ekanini, ular shunchaki, kuzatib qo‘yish uchun chiqqanini aytgan. Tekshiruv davomida sudlanuvchi jabrlanuvchilarning pasportlaridan foydalangan holda elektron aviachiptalar sotib olgani ma’lum bo‘lgan.
U 2024 yilning aprel oyida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib, kam ta’minlangan qo‘shnilarining ishonchiga kirgan va ularni xorijda fohishalik bilan shug‘ullanib, yaxshigina pul topish mumkinligiga ishontirgan.
Sudlanuvchi jabrlanuvchilarning o‘zlari bu taklifga rozi bo‘lganini aytib, jazosini yengillashtirishni so‘ragan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 yil 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.