JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi 3-bosqichni g‘alaba bilan boshladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 21:30
O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 3-saralashi 1-turida Shimoliy Koreyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov Nasrullayevning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol etdi. 40-daqiqada esa O‘tkir Yusupov raqib tepgan penaltini qaytardi. Birinchi bo‘lim Katanes shogirdlarining kichik ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda ham o‘zbekistonliklar faolroq harakat qilgan bo‘lsa-da, darvozalar ishg‘ol etilmadi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini kichik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.O‘zbekiston 2-tur bahsini Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. Safardagi uchrashuv 10 sentyabr kuniga belgilangan.JCH—2026 saralashi5 sentyabr, payshanbaO‘zbekiston – Shimoliy Koreya 1:0Gol: 1:0 — 20 MasharipovO‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (4. Farrux Sayfiyev, 70), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov (18. Abdulla Abdullayev, 70), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 11. Oston O‘runov (22. Abbos Fayzullayev, 60), 13. Sherzod Nasrullayev, 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov.Shimoliy Koreya: 1. Kang Ju Hyok, 14. Choe Ok Chol, 3. Kuk Chol Jang, 16. Kim Yu Song, 4. Kim Pom Hyok, 20. Chung-song Paek, 22. Kim Kuk Bom, 17. Kuk Chol Kang, 13. Il Song Ri, 10. Han Kvang-Song, 8. Kuk-jin Kim.Noaniq penalti: Kang Kuk Chol (39, darvozabon)












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati