Xarri Keynga bolalarcha 11 savol

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 19:50
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn KIDS MAGAZINE jurnali mehmoni bo‘lib, KIDS Club a’zolari yo‘llagan oddiy savollarga bafurja javob berdi.Ya’ni Angliya milliy jamoasi sardori hech shoshilmadi, o‘z hayoti, Myunxendagi birinchi mavsumiga oid qiziqarli ma’lumotlar haqida ochiq-oydin gapirib berdi.

- Xarri, agar professional futbolchi bo‘lmaganingizda, qaysi yo‘nalishni tanlardingiz?

- Golf o‘yiniga mehrim juda baland, ehtimol, shu sport turi bilan professional darajada shug‘ullanarmidim...? Shuningdek, Amerika futboliga ham befarq emasman, hozir ham MFL o‘yinlarini kuzatib boraman. O‘ylashimcha, ushbu yo‘nalish ham men uchun rosa mos kelardi.

- Bolaligingizda aynan kimga eng sevimli futbolchi sifatida qaragansiz?

- Boshida Angliya milliy jamoasi hujumchisi Teddi Sheringemga havas qilganman, uning o‘yinlaridan zavq olardim. Keyinchalik Devid Bekxem kabi estetik ijrochilar chin kumirlarim qatoriga qo‘shilishdi. Deylik, ko‘chada Bekxem ko‘rsatgan har bir tryukni takrorlashga urinardim, shuningdek, uning kunlik tartibidan ko‘chirma olganman. Endi esa o‘zim ko‘plab bolalar uchun namuna ekanligimni teran tushungan holda, har tomonlama ijobiy taassurot qoldirishga harakat qilyapman.

- Sevimli musiqangiz qaysi, o‘yinlardan oldin aynan nimalarni tinglaysiz?
- Ed Shiran - men uchun eng sevimli qo‘shiqchilardan biri. Qolaversa, Teylor Svift va Adel taronalarini ham maroq bilan tinglayman. Alohida asarlarga kelsak, «Vagon g‘ildiragi»ni eshitishdan aslo zerikmayman. O‘yinlar arafasida esa odatda tezkor ritmli musiqalarni tanlayman.
- Aytingchi, «Bavariya»ga o‘tishingizning asosiy sababi nima?
- Har doim tobora takomillashish, rivojlanish va shaxsiy imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidan borishni istaganman. Oddiy aytganda, hamisha eng yuqori darajada o‘ynash, Chempionlar Ligasida ishtirok etish va albatta, sovrinlar uchun kurashishni xohlayman. Sir emas, «Bavariya» safiga qo‘shilish bilan bunday imkoniyatlarni ancha kengaytirdim.
- Qaysi klubdoshingiz bilan eng yaxshi munosabatdasiz, deylik, avtobusda kimning yonida o‘tirasiz?

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati