Yamal Yevro-2024 va Olimpiadaga chaqirilishi mumkin. Barselona Pedridagi vaziyat takrorlanishidan qo‘rqadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 15:12
Lamin Yamal yozda ikkita terma jamoa turnirida ishtirok etishi mumkin.

Relevo xabariga ko‘ra, Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) "Barselona" vingerini Yevro-2024 va Olimpiadaga chaqirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Deniya o‘z tarkibini tanlashda to‘liq erkinlikka ega bo‘ladi.

2021 yilda besh nafar futbolchi – Unai Simon, Erik Garsiya, Pau Torres, Pedri va Mikel Oyarzabal ham Yevropa chempionati, ham Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishdi. Bu safar vaziyat yana takrorlanishi mumkin.

"Barsa" ortiqcha daqiqalar va ortiqcha ish yuki Yamalning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqadi. Klub allaqachon federasiya bilan muzokaralarga kirishgan.

Qayd etilishicha, "blaugrana" 2020/21 yilgi mavsumda 73 ta o‘yin o‘tkazgan Pedri bilan vaziyat takrorlanishini istamaydi. Shundan so‘ng, u tez-tez jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kela boshladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati