Guterrish Erdo‘g‘on, Zelenskiy va Putinga maktub yo‘lladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:34
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Turkiya, Ukraina va Rossiya prezidentlari – Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putinga Qora dengizda yuk tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar bilan maktub yo‘lladi.

Bu haqda xalqaro tashkilot rahbari vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deb yozadi “Report” TASS`ga tayanib.

"Biz ochiq savdo, oziq-ovqat oqimi va yuk tashish xavfsizligini himoya qilish uchun barcha tomonlar bilan muhokamalarimizni davom ettirmoqdamiz. Shu munosabat bilan fevral oyida Bosh kotib Rossiya Federasiyasi, Turkiya va Ukraina prezidentlariga maktublar yubordi", dedi u.

Dyujarrik, Guterreshning maktublarda "fuqarolik navigasiyasi erkinligi BMTning davom etayotgan sa’y-harakatlarining asosiy mavzusi bo‘lib qolayotganini" ta’kidlaganini va bu yo‘nalishda "oziq-ovqat va savdo yo‘llari xavfsiz, barqaror va bashorat qilinadigan" ekanligini ta’kidladi.

Dyujarrik Qora dengiz don tashabbusining saboqlarini inobatga olgan holda, BMT Qora dengizda tijoriy yuk tashish xatarlarini yanada kamaytirish maqsadida Turkiya, Rossiya Federasiyasi, Ukraina va boshqa tegishli tomonlar bilan faol hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati