Gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari uch bosqichda o‘tkaziladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 16:32
AOKAda Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, O‘zbekiston gandbol federasiyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkaziladigan matbuot anjumanida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari yuzasidan ma’lumot berildi.

Tuman/shahar bosqichi (15-30-sentyabr): Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida saralash musobaqalari;

Hududiy bosqichi (10-18-oktyabr): Tuman/shahar bosqichi g‘oliblari o‘rtasida musobaqalari;

Respublika final bosqichi (3-6-noyabr): Hududiy bosqich g‘oliblari Respublika kubogi uchun kurashadi.

Gandbol musobaqalari O‘zbekiston Gandbol federasiyasining qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.

Har bir jamoada 10 nafar yosh erkak sportchi, 1 murabbiy va 1 jamoa rahbari ishtirok etadi.
Musobaqaning final bosqichida g‘olib jamoalar kubok va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ushbu sport musobaqasi yoshlarni sog‘lom turmush tarzi sari yetaklash va ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, o‘z mahallalari nomidan ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
Musobaqalarda ishtirok etish uchun www.5tashabbus.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tiladi yoki mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati