Pedri: Biz avvalgidan ko‘ra ko‘proq ishlayapmiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 15:42
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri kataloniyaliklar bosh murabbiyi sifatida Xans-Diter Flik kelganidan so‘ng jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

"Biz avvalgidan ko‘ra ko‘proq ishlay boshladik. Buni o‘yinda ko‘rish mumkin. Jamoa 70-80 daqiqalik o‘yindan so‘ng taslim bo‘lmaydi va jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada ushlab turishda davom etmoqda", - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatining to‘rtta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. To‘rt turdan keyin "Barselona" 12 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati