Valensiya futbolchisi: Hammasi joyida

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 15:28
Rafa Mir jinsiy zo‘ravonlik haqidagi da’volarga izoh berdi.

Dushanba kuni "Sevilya"dan ijaraga olingan "Valensiya" forvardi ikki ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib hibsga olingandi. Jabrlanuvchilardan birining ko‘rsatmalariga ko‘ra, jinoyat o‘tgan shanba kuni futbolchining uyidagi shaxsiy ziyofatda sodir etilgan, qiz va uning dugonasi Mir bilan tungi klubda uchrashgandan keyin borgan. Jabrlanuvchining aytishicha, uni futbolchi va uning dugonasi kaltaklagan, u ham hibsga olingan.

Ko‘rsatma berganidan so‘ng, Rafa Mir va uning do‘sti, "Alkantarilla" futbolchisi Pablo Jara garov evaziga qo‘yib yuborildi. "Valensiya" vaziyatni batafsil tahlil qilish uchun forvardni hafta oxirigacha mashg‘ulotlardan chetlatdi.

"Men yaxshiman. Vaqti kelganda hammasini aytib beraman. Bilasizmi, menda bu borada hech qanday muammo yo‘q" - dedi Mir La Sexta nashriga bergan izohida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati