Kuman: 26 yoshda futbolchining asosiy ambisiyasi pul emas, sport bo‘lishi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 14:48
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman vinger Stiven Bergveyn faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qaror qilganidan so‘ng uni terma jamoaga chaqirmasligini aytdi.

Oldinroq 26 yoshli Bergveyn "Ayaks"dan "Al-Ittihod"ga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi. Transfer summasi 21 million yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda.

"Uning uchun bu bo‘lim aslida yopiq. U mening bu haqda nima deb o‘ylayotganimni biladi. 26 yoshda sizning asosiy ambisiyangiz pul emas, sport bo‘lishi kerak. Futbolchilar tanlashadi.

Men hech qachon bunday holatga tushmaganman, chunki menda "Barselona"ga borish imkoniyati bo‘lgan. U "Ayaks"da qolishi mumkin edi va bu yomon bo‘lmasdi, shunday emasmi? Siz futbolchilarning tanlovini hurmat qilishimiz kerak, lekin shaxsan men bu transferni amalga oshirmasdim" - dedi Kuman matbuot anjumanida.

Bergveyn Niderlandiya terma jamoasi safida 35 o‘yinda 8 ta gol urgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati