Yuventus futbolchisi Spartak klubga o‘tishdan bosh tortdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 14:38
"Yuventus"ning chap yarim himoyachisi Filip Kostich RPLga o‘tishdan bosh tortdi.

Avvalroq jurnalist Nikolo Skira serbiyalik futbolchi nomi oshkor etilmagan Rossiya klubi taklifini rad etgani haqida xabar bergandi. Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, gap "Spartak" haqida ketmoqda.

Nashrning yozishicha, futbolchi o‘zining sobiq jamoasi "Ayntraxt", "Sautgempton", "Kristal Pelas" va "Al-Ayn" klublarining taklifini ham rad etgan. "Galatasaroy" ham Kostichga qiziqish bildirmoqda va unga mavsumiga 4 million yevro maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.

"Yuventus" Kostichni 2022 yilda Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 14,7 million yevro evaziga sotib olgandi. O‘tgan mavsumda 31 yoshli futbolchi turinliklar safida 33ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga assistentlik qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati