Barselona FIFAdan 10 million yevro oladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 14:08
"Barselona" klubi himoya dasturi doirasida Gavi va Ronald Arauxoning jarohatlari uchun bu yil FIFAdan katta miqdorda tovon puli kutmoqda.

Har ikki futbolchi ham o‘z terma jamoalarida o‘ynab jarohat olgan. FIFAning Klublarni himoya qilish dasturiga ko‘ra, Arauxoning tizzasidagi xochsimon bo‘g‘imi yirtilib ketgani sababli 4 oy maydonga tusha olmagani uchun "Barsa"ga 2,5 million yevro to‘lashi kerak. Himoyachi Amerika Kubogi-2024 da jarohat olgan edi.

Bundan tashqari, FIFA Gavi maydonga tushmagan har bir kun uchun “Barselona”ga 20 548 yevro to‘laydi. Yosh yarim himoyachi 2023 yilning noyabridan buyon maydonga tushmayapti va kataloniyaliklar uning 10 oylik safdan chiqqani uchun 5 million yevrodan ortiq tovon puli olishadi.

Shunday qilib, yil oxirigacha “Barsa” FIFAdan taxminan 10 million yevro olishi mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati