“Aston Villa” 10 ochkolik jazodan qutulib qolgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 13:14
“Aston Villa” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun Premyer Ligada 10 ochko olib tashlanishi mumkin edi. Ammo klub bir necha soat qolganida bu jazodan qutulib qoldi.

May oyida Unai Emeri shogirdlari Chempionlar Ligasiga yo‘l olganlarida, Birmingem klubi rahbarlari Premer Liga iqtisodiy feyr pley qoidalarini buzish xavfi borligini bilishgan.

30 iyunda yakunlangan uch yillik davr mobaynida “Aston Villa” 105 million funt sterling miqdoridagi zarar miqdoridan oshib ketish xavfi ostida edi. Bu esa klubdan 10 ochko olib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Biroq “Villaliklar” so‘nggi muddatda yetakchi yarim himoyachisi Duglas Luizni “Yuventus”ga 42 million funt sterlingga sotib, qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topa oldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati