Liverpulning Chempionlar ligasi qaydnomasidan klub uchun umuman o‘yin o‘tkazmagan futbolchiga joy topildi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-09-2024, 12:12
Birinchi o‘yin 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Arne Slot o‘z qaydnomasi bo‘yicha qaror qabul qilib bo‘lgan. 25 kishidan iborat A ro‘yxatiga Trent, Salah, Virjil van Deyk, Mak Allister, Alisson va yangi kelgan Federiko Kyeza kiradi.
Biroq, tarkibga bir qiziq qo‘shimcha bor: 17 yoshli Amara Nallo “qizillar” safida hali birorta ham o‘yin o‘tkazmaganiga qaramay, tarkibga kiritildi.
U markaziy himoyachi va 16 yoshigacha "Vest Xem"ga tegishli edi. O‘tgan mavsumda u "qizillar"ning o‘rinbosarlar jamoasiga jalb qilingan va u yerda hammani hayratda qoldira olgandi. Nallo ilk bor "Arsenal" bilan mavsumoldi o‘yinida asosiy jamoa uchun maydonga tushdi.
U klubda Van Deyk, Konate, Kuansa va Gomesdan pastroqda ekanligi aniq, ammo Slotning murabbiylar shtabi unga ishonadi.