Liverpul Salohning o‘rniga Rodrigoni olib kelmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 12:04
Hujumchi Muhammad Saloh joriy mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etishi mumkin. Misrlik futbolchining “qizillar” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

Todofichajes nashri xabar berishicha, ingliz klubi Salohga o‘rinbosar izlay boshlagan. "Liverpul" "Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodrigoga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer qiymati 110 million yevroga baholanmoqda. Hujumchining “Los-Blankos” bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Oldinroq matbuotda Rodrigo Kilian Mbappe kelgani sababli "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida braziliyalik futbolchi to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati