Sancho qovun tushirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 12:02
"Chelsi"ning yangi futbolchisi Jeydon Sancho yozgi transferlar oynasi oxirida klubga keldi. "Manchester Yunayted" Erik ten Xagga kerak bo‘lmagan yarim himoyachini qo‘yib yubordi.

Sancho "Chelsi" rasmiy saytiga o‘zining ilk intervyusini berdi va unda u transferda klub bosh murabbiyi Enso Mareska muhim rol o‘ynaganini tan oldi.

"Menimcha, meni loyihaga jalb qilgan murabbiy bo‘ldi. Men Mareskani “Siti”da bo‘lganimda bilardim va u Pep bilan ishlagan. U men bilan telefonda loyiha va bu yerda nima qurayotgani haqida gaplashdi. Mendek yosh futbolchi uchun bu juda hayajonli va men o‘yinni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman", dedi futbolchi.

Bu vaziyatda muxlislar juda muhim bir nomuvofiqlikni darhol payqashdi: Jeydon Sancho 2017 yilda "Manchester Siti"ni tark etgan, Enso Mareska esa Gvardiola shtabiga faqat 2020 yilda kelib qo‘shilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati