Buxoroda butalarni sindirgan fuqaro salkam 9,5 mln so‘m jarimaga tortildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 05-09-2024, 11:32
Ma’lum qilinishicha, Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan cho‘l hududlarida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Jondor tumani “Qozikenti” MFYda yashovchi fuqaro Y.N. tuman o‘rmon fondi yerlaridan tabiiy holatda o‘sgan saksovul o‘simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan 9 452 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar qo‘llanildi.
Jondor tuman bo‘limi tomonidan avgust oyida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 31 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 24 140 000 so‘m jarima hamda tabiatga zarar hisoblandi.