Samarqandda Lacetti do‘konga kelib urilishi oqibatida bir kishi jarohatlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 05-09-2024, 06:16
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Bu haqda vviloyati YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 3 sentyabr kuni soat 16:20 larda Kattaqo‘rg‘on tumani «Mundiyon» MFY hududidan o‘tuvchi «Zarafshon traktining o‘ng qirg‘og‘i» 4R-48 avtomobil yo‘lining 98 kilometrida haydovchi Lacetti avtomashinasini «Kattaming-Kadan» yo‘nalishida boshqarib kelib yo‘lning o‘nga qiya burilish joyida tezligi yuqori bo‘lgani sababli oziq-ovqat do‘koniga kelib urilgan.

Oqibatda do‘kon ichida bo‘lgan bir nafar fuqaro tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati