“Uzbekistan Airports” tovlamachilik bilan bog‘liq xabarlarga izoh berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:30
Kompaniya xabarida aytilishicha, “Uzbekistan Airports”da nomzodlarni tanlov asosida qabul qilishga asoslangan, xodimlarni tanlab olishning elektron tizimi joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Innovasion yondashuv nafaqat shaffoflikni ta’minlaydi va kadrlar tanlab olish jarayonining samaradorligini oshiradi, balki, pul uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qiluvchi tovlamachilar tarmog‘iga tushib qolish ehtimolini kamaytiradi. Ayni paytda elektron tizim vositasida 191 ta bo‘sh o‘rni uchun tanlov o‘tkazilib, 100 dan ortiq yangi xodimlar muvaffaqiyatli ishga qabul qilindi.

Kompaniya barcha nomzodlarga uchinchi shaxslarning shubhali takliflariga e’tibor bermasdan, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar uchun faqat rasmiy va tekshirilgan axborot manbalariga murojaat qilishni qat’iy ravishda tavsiya qildi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati