Toshkentda qarama - qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga chora ko‘rildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 14:20
Joriy yilning 27 mart kuni Lacetti haydovchisi avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (migalka) chiroq o‘rnatib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama - qarshi harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur video o’rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi Rahimjon ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTK.ning 128⁵ -135- moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qo‘shimcha ma’lumot: Haydovchi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati