33 yillik nizo: Shveysariya Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 23:46
Elchixona Shveysariya—Iroq munosabatlarini mustahkamlash, iqtisodiyot, xavfsizlik va tinchlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shveysariya bundan 33 yil oldin yopilgan Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi, deb xabar beradi mamlakat Federal kengashi.

Qayd etilishicha, elchixonani ochish orqali Federal kengash aholi ko‘p bo‘lgan mamlakat bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda iqtisodiy, xavfsizlik va migrasiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishni maqsad qilgan.

Iroqda jiddiy ichki mojarolardan keyin oxirgi yillarda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan. Mamlakat iqtisodiy rivojlanish bosqichiga kirmoqda, shu bilan birga mintaqaviy vositachi va aloqalarni o‘rnatuvchi sifatida tobora muhim rol egallayapti. Iroq so‘nggi bir necha yilda mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga sezilarli darajada hissa qo‘shdi. Hozirda dunyoning 50 dan ortiq mamlakati Bog‘dodda o‘z elchixonasiga ega.

«Elchixona Shveysariya—Iroq munosabatlarini mustahkamlash, iqtisodiyot, xavfsizlik va tinchlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish hamda Shveysariya manfaatlarini ilgari surish yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi. Iroqning energiya resurslari va uning diversifikasiyalangan iqtisodiyoti Shveysariya biznesi uchun uzoq muddatli eksport va investisiya istiqbollarini ifodalaydi», — deyiladi xabarda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati