Farg‘onada ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 23:36
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida keksa fuqaro o‘z o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirib qoydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi

Voqea 1 sentyabr kuni soat 17:00 atrofida Toshobod mahallasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, 72 yoshli N.X va uning 41 yoshli o‘g‘li O.N. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Mojaro vaqtida erkak o‘g‘lining ko‘krak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Biroq, O.N kasalxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi ushlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati