Markaziy Osiyoda resurslar yuzasidan chegaraviy mojarolar ehtimoli ortmoqda — KXSHT

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 14:04
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) bosh kotibi Imangali Tasmagambetov a’zo davlatlar yaqin kelajakda duch kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar haqida gapirdi. Bu haqda u Milliy mudofaa jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Tahdidlar doirasi jadallik bilan kengaymoqda. Agar global miqyosdagi muammolarni suhbatimiz doirasidan tashqarida qoldirib, mintaqaviy muammolarga alohida e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda, birinchi navbatda, resurslar uchun mojarolar xavfini ko‘rsatishimiz kerak.

Bundan tashqari, hudud ham resurs vazifasini bajaradi — bu chegaraviy konfliktlar formati va suv kabi qimmatli manba. Ikkinchisi Markaziy Osiyodagi suv resurslari bilan bog‘liq ahvol tufayli alohida tashvish uyg‘otadi. Bu mintaqadagi davlatlarning milliy hukumatlaridan ko‘proq e’tiborni talab qiladigan juda murakkab muammolar tugunidir”, — dedi Tasmagambetov.

KXSHT mas’uliyati doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tasmagambetov tashkilot tahdidlarni zararsizlantirish uchun real salohiyatga egaligini aytdi. Hozirda KXSHTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati