«Yuventus» Vlaxovichning kelajagi borasida qaror qabul qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 20:58
Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovichga yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, klub ikki yildan keyin tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi. Qayd etilishicha, «Yuventus» futbolchini 2028 yilning yoziga qadar olib qolmoqchi, biroq klub maoshni oshirish niyatida emas. Ta’kidlanishicha, uzaytirish tashabbuskorlaridan biri jamoa bosh murabbiyi Tiago Motta bo‘lgan.

Vlaxovich 2022 yilning qishida «Fiorentina»dan «Yuventus»ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 104 ta uchrashuvda qatnashib, 43 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati