Ten Xagning xohishi amalga oshmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 20:30
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat «Manchester Yunayted»da o‘ynashda davom etishi mumkin edi. «Qizil iblislar» bosh murabbiyi Erik ten Xag futbolchini tarkibda saqlab qolmoqchi edi. Sofyan o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazmadi, ammo u yakunda jamoaga Angliya kubogini qo‘lga kiritishga yordam berdi. Mutaxassisning xohishiga qaramay, klub sport direktori Den Eshuort va texnik direktor Jeyson Uilkoks transferga to‘sqinlik qilishdi.

Natijada futbolchi Turkiyaning «Fenerbaxche» klubida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Amrabat «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Turkiya klubi Yevropa ligasida o‘z uyida «qizil iblislar»ni qabul qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati