O‘FA O‘zbekiston-KXDR o‘yini oldidan murojaatnoma yo‘lladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 20:20
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Toshkent shahar IIBB 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizdan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘radi. “Maydonga tushish qat’iyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgani haqida eslatib o‘tmoqchimiz. Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz”, — deyiladi murojaatnomada.JCH-2026 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan mazku uchrashuvni o‘monlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda hamyurtlari Abu Bakar al-Amriy va Rashid Hamid al-G‘oitiy yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Qosim Matar al-Hatmiy ishlaydi.Shuningdek, kuvaytlik Abdulloh Jamoli VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga, 5 sentyabr kuni soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati