Suriyaning Aleppo shahriga uyushtirilgan hujumlarda 38 kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 13:56
Juma kuni ertalab Isroilning Suriya shimolidagi Aleppo shahriga bergan aviazarbalarida 38 kishi, jumladan Livanning “Hizbulloh” guruhining besh nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda ikki xavfsizlik manbasi xabar berdi, deb yozadi Reuters.

Juma kuni ertalab Suriya mudofaa vazirligi Isroil va jangari guruhlarning Aleppoga hujumi ortidan bir necha tinch aholi va askarlar halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Isroil harbiy-havo kuchlari mahalliy vaqt bilan soat 01:45da (GMT 22:45) Alepponing bir necha mahallalariga zarba berdi, deyiladi vazirlik bayonotida.

Havo hujumlari Idlib va ​​G‘arbiy Aleppoga qilingan hujumlar bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi, vazirlik “terror tashkilotlari” Aleppo va uning atrofida tinch aholini nishonga olganini aytdi.

Biroq vazirlik qurbonlar soni haqida aniq ma’lumot bermadi. Odamlarning o‘limiga Isroil havo hujumlari yoki jangari guruhlar hujumlari sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

“Bosqin natijasida bir qator tinch aholi va harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi va tan jarohati oldi, davlat va xususiy mulkka moddiy zarar yetkazildi”, – deyiladi xabarda.
Isroil harbiylari izoh berishdan bosh tortdi.
Eron bilan aloqador jangarilar, jumladan, Hizbulloh ham hozir Suriyaning sharqiy, janubiy va shimoli-g‘arbiy qismidagi katta hududlarni, shuningdek, poytaxt atrofidagi bir qancha aholi punktlarini nazorat qilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati