O‘zbekistonda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan fuqaroning ozodligi cheklandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 17:12
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahri sudi O‘zbekiston konstitusiyaviy tuzumiga tajovuzda ayblangan fuqaroga nisbatan hukm chiqardi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» sud materiallariga tayangan holda.

Ish materiallariga ko‘ra, fuqaro E.Xasanov 1979 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlab, Samarqand shahridagi 11-sonli kechki maktabda ikki yil matematika fanidan dars bergan, so‘ngra «Vatanparvar» tashkilotida ishlab, 2011 yili nafaqaga chiqqan.

Sud qarorida keltirilishicha, u 2021 yilda rossiyalik Oleg Turishkinning ma’ruzalarini tinglashni boshlagan. Rossiya fuqarosi undan SSSR fuqaroligidan chiqish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganmisiz, deya so‘ragan. Yo‘q, degan javobni berganidan so‘ng uni «Gos.reestr SSSR» nomli guruhga qo‘shib qo‘ygan. Oradan vaqt o‘tib Oleg Turishkin fuqaroga «SSSR fuqarosi» haqidagi guvohnomani pochta orqali jo‘natgan.

E.X. YouTube`dagi Aleksey Ivanovich ismli odam bilan ko‘rishgan, so‘ngra 2023 yil 3 yanvarda Moskvaga borib, u yerda Sovet Ittifoqini tiklash uchun tarafdorlarni to‘playotgan odamlar bilan uchrashgan. Ular ushbu davlat hali qonunan tarqalmaganini, Iosif Stalin davridagi Konstitusiya va qonunlarga qaytishini, 15 davlatni qonuniy yo‘llar orqali tez yillarda birlashtirishlarini aytgan.

Sudlanuvchi o‘tgan yilning mart oyida «Uzbekskaya SSR/SSSR» Telegram-guruhiga qo‘shilgan. U yerda «O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekanligi, hozirgi kunga qadar rasman sobiq Sovet Ittifoqi tarqalmaganligi, uning tarkibiga kirgan 15 ta respublika AQSh yordamida o‘zboshimchalik bilan mustaqilligini e’lon qilganligi va tez orada sobiq ittifoq davlatlari qaytib SSSRga qo‘shilishlari» haqidagi materiallarni joylashtirgan.

Kompleks sud-siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, uning materiallarida O‘zbekistonning amaldagi davlat tuzumini konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirish, buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qiluvchi g‘oyalar mavjud.
Shuningdek, u Telegram`dagi guruhga Samarqand viloyati bo‘yicha «VKPb» sekretari hisoboti sifatida «V vsesoyuznaya Kommunisticheskaya partiya Bolshevikov goroda Samarkanda» nomli maqola joylashtirgan.
Ayblanuvchi sudda o‘z aybini tan olmagan, biroq suddan jazoni yengillashtirishni so‘ragan.
Sud E.X.ni Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi (O‘zbekistonning amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitusiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) bilan aybdor deb topdi. Unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bundan tashqari, unga soat 22:00 dan 6:00 gacha xonadondan chiqishi, nazorat organining ruxsatisiz yashash joyini o‘zgartirishi, Samarqand viloyati hududidan tashqariga chiqishi, internet tarmog‘idan foydalanishi taqiqlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati