Kobaxidze g‘alabaga ishonadi, lekin...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 16:14
Gruziya muxolifati 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng mamlakatda notinchlik yaratishga harakat qiladi. Bu haqda Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bayonot berdi.

“Radikal muxolifat saylovda g‘alaba qozonishdan umidi yo‘q, saylovdan keyin vaziyatni keskinlashtirishga hozirlik ko‘rmoqda. Ular «Agar Gruziya orzusi g‘alaba qozonsa» degan so‘zni o‘z lug‘atidan olib tashlab, «Agar Gruziya orzusi saylovlarni soxtalashtirsa» deb doimo aytmoqda. Ko‘rinib turibdiki, ular yana saylov natijalarini tan olmay, davlat institutlariga hujum uyushtirishga va mamlakatdagi tartibsizliklarga harakat qilishadi”, dedi Kobaxidze brifingda.

Uning ta’kidlashicha, saylov oldidan yoki saylovdan keyin vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar qonun doirasida to‘liq bostiriladi. Kobaxidze ta’kidlaganidek, mamlakatda vaziyatni hech kim izdan chiqara olmasligi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. «Shunga ko‘ra, biron bir provokasiya muvaffaqiyat qozonmaydi va har qanday jinoiy harakat qattiq jazoga tortiladi», dedi u.

Shu bilan birga, Kobaxidze saylovoldi tashviqoti tinch muhitda o‘tayotgani, birorta ham jiddiy qoidabuzarlik aniqlanmaganini ta’kidladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati