Turkiyaning BRIKSga to‘liq a’zolik arizasi ko‘rib chiqiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 16:12
BRIKS davlatlari Turkiyaning assosiasiyada to‘liq ishtirok etish haqidagi arizasini ko‘rib chiqadi.

Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Turkiya to‘liq a’zolik uchun ariza berdi, biz buni ko‘rib chiqamiz", dedi Kreml vakili.

Assosiasiyani kengaytirish masalasi 22—24 oktyabr kunlari Qozonda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklif etilgan BRIKS sammitida ko‘rib chiqilishi mumkin. Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining rasmiy vakili O‘mer Chelikning 3 sentyabr kuni aytishicha, Erdo‘g‘on BRIKSga qo‘shilish istagi haqida bir necha bor gapirgan, biroq Turkiyaning tashkilotga a’zoligi bo‘yicha aniq qarorlar yo‘q.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati