Irlandiya Ukrainaga 36 million yevro miqdorida gumanitar yordam paketini e’lon qilmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 16:10
RTE telekanalining xabar berishicha, Irlandiya bosh vaziri Saymon Xarris Kiyevga tashrif buyurmoqda. Qayd etilishicha, u Ukrainaga 36 million yevrolik gumanitar yordam paketini taqdim etishni e’lon qilmoqchi, deb yozadi "TASS".

Xabar qilinishicha, bu mablag‘ BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, BMT Bolalar jamg‘armasi, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi va boshqa qator tashkilotlarning Ukrainadagi faoliyatini moliyalashtiradi.

Ushbu hissani hisobga olgan holda, Irlandiya tomonidan 2022 yildan boshlab Ukrainaga ko‘rsatiladigan yordamning umumiy miqdori 380 million yevroni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, muzokaralar yakunida Xarris va Vladimir Zelenskiy ham ikki davlat o‘rtasida yangi hamkorlik shartnomasi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashi kutilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati