Karvaxal butun jamoa nomidan uzr so‘radi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 16:00
Dani Karvaxal Alvaro Morata va Rodrining qo‘shiqlari haqida gapirdi.

Bu yil yozda Ispaniya terma jamoasi finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, Yevro g‘olibiga aylandi.

Madrid markazidagi g‘alaba bayrami chog‘ida Rodri va Alvaro Morata “Gibraltar ispanlarniki” deb hayqirishdi.

Keyinroq Gibraltar futbol assosiasiyasi bu voqea yuzasidan UEFAga shikoyat qilgan. Ittifoq tekshiruv boshladi, natijada futbolchilar terma jamoaning 1 ta o‘yiniga diskvalifikasiya qilindi.

"Ular bu haqda ko‘p gapirishdi, lekin o‘sha paytda bu xafa qilish yoki mojaro keltirib chiqarish uchun mo‘ljallangan narsa emas edi.

Shunchaki, Ispaniya Pireney yarim orolida joylashgan Gibraltar uchun doim Angliya bilan raqobatlashgan va bu Angliyaga qarshi final edi.
Finaldan oldin bu qo‘shiqning ozgina aks-sadosi allaqachon paydo bo‘lgan va biz g‘alaba qozonganimizda, qo‘shiq ko‘proq hazilga aylandi.
Agar kimdir haqoratlanganini his qilgan bo‘lsa, biz butun jamoa nomidan uzr so‘raymiz - lekin, to‘g‘risini aytsam, o‘sha paytda inglizlar o‘zlarini haqorat qilinganini aytishmadi", - dedi Ispaniya terma jamoasi va «Real» himoyachisi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati