Dam olish kunlari harorat ko‘tarila boshlaydi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-03-2024, 13:42
Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo 14-17 daraja iliqqacha isiydi.
Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga o‘tar kechasi havo 0-5 daraja iliqqacha bo‘ladi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharq tomondan esadi, bugun ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 29-31 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 29 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxt Toshkentda 29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30-31 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduzi harorat 10-12 daraja iliq, shanba kuni 12-14 daraja iliq, yakshanba kuni 14-16 daraja iliq bo‘ladi. Kechalari harorat 3-5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.