Belarusda norozilik bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan yana 30 kishi afv etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 14:56
Belarusda norozilik bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan 30 kishi afv etildi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko imzoladi.

Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Afv etilganlar orasida yetti nafar ayol va 23 nafar erkak bor. Mahkumlarning aksariyati voyaga yetmaganlar va yosh bolalarning ota-onalari.

Qayd etilishicha, ozodlikka chiqarilganlarning qonunga bo‘ysunishi ustidan nazorat mamlakat Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’minlanadi.

Bu so‘nggi vaqtlarda norozilik jinoyatlarida ayblanganlarni afv etish to‘g‘risidagi ikkinchi farmondir. Avgust oyi o‘rtalarida 30 nafar shaxs afv etildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati