Putin nega hibsga olinmadi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 14:20
Mo‘g‘uliston Putinni xalqaro jinoiy sudning orderi bilan qo‘lga olishdan bosh tortishini o‘zining energetik tobeligi bilan izohladi

Rossiya federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Mo‘g‘ilistonga bordi, ammo Putinni u yerda xalqaro sudning orderi bilan qo‘lga olishmadi. 2020-yildan buyon Xalqaro jinoiy sudning a’zosi bo‘lgan Mo‘g‘uliston, rasman Rossiya prezidentini Ukraina bolalarini Rossiyaga olib o‘tganligi sababli 2023-yil mart oyida sud tomonidan berilgan orderga ko‘ra V. Putinni hibsga olishi kerak edi. Mo‘g‘ulistondan buni rasmiy Kiyev va Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti talab qilgan edi.

Mo‘g‘uliston hukumati sud orderiga ko‘ra Putinni nega qo‘lga olmagani bo‘yicha Politico nashriga izoh bergan. Mo‘g‘iliston 95% neft mahsulotlari va 20% dan ortiq elektr energiyasini qo‘shni davlatlardan – ya’ni Rossiya va Xitoydan import qiladi, deya aytib o‘tgan hukumati vakili Politico nashriga. “Bu yetkazib berishlar bizning hayotiy zaruratlarimiz va xalqimiz mavjudligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, – degan amaldor. – Mo‘g‘uliston har doim barcha diplomatik munosabatlarida betaraflik siyosatiga amal qilib keladi.” Vengriyaning Huquqiy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Tamash Xoffmanning ham shu nashrga ta’kidlashicha, Xalqaro jinoiy sudga a’zo davlatlar assambleyasi Mo‘g‘ulistonning bu harakatlarini ijro etmaslik tartibiga binoan qoralashi mumkin. “Biroq, mamlakatga qarshi jiddiy oqibatlar, masalan, sanksiyalar bo‘lishi ehtimoldan yiroq”, – deya qo‘shimcha qildi Xoffman.

Eslatma, Putin Mo‘g‘ulistonga borganda unga qarshi plakat va Ukraina bayrog‘ini ko‘tarib turishgan, ammo polisiyaning ogohlantirishidan so‘ng ular tarqab ketishgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati