Osimxen Galatasaroy bilan agentining ko‘magisiz muzokara olib bordi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 14:14
Viktor Osimxen shaxsan o‘zining agenti Roberto Kalendaning ko‘magisiz "Galatasaroy" bilan muzokara olib bordi. Bu haqda Il Mattino nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi "Napoli"da qolishning iloji yo‘qligini tushunib yetgan va shu bois turk klubidan vositachi Jorj Gardining ishi bilan tushgan taklifni qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, transfer oynasi oxirida 25 yoshli nigeriyalik futbolchi "Chelsi" yoki "Al-Ahli"da qolishi mumkin edi, ammo yakunda bu transferlarning hech biri amalga oshmadi. Bundan oldinroq ham "PSJ" hujumchiga qiziqqan edi, biroq klub futbolchining 120 million yevrodan oshiq bandini to‘lamoqchi emasdi yoki narxni pasaytirish bo‘yicha shartnomaga Li Kang Inni ham qo‘shishni istamadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati