Yoshlarimiz va mehnat migrantlari “onlayn manqurtlashtirish” qurboniga aylanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 14:12
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Xonimlar va janoblar!

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasining barcha ishtirokchi va mehmonlarini samimiy qutlayman.

Ushbu muhim xalqaro forumning SHHT va MDH kabi nufuzli mintaqaviy tuzilmalar bilan birgalikda tashkil etilishi bepoyon mintaqamizda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida yakdillik va o‘zaro amaliy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilishni yana bir bor tasdiqlaydi.

Bugungi anjuman to‘plangan tajriba va bilimlar bilan almashish, xavfsizlikka nisbatan zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqish uchun zarur muloqot maydoni ekanini alohida ta’kidlamoqchiman.

Konferensiya kun tartibiga eng muvaffaqiyatli milliy tajribalarni o‘rganish, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik hamda fan va ta’lim sohasida almashinuvning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, ekstremizm va radikalizm g‘oyalarining tarqalishiga imkon bermaslik bo‘yicha amaliy vositalarni shakllantirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish borasidagi vazifalarga oid dolzarb masalalar kiritilgan.
Aminmanki, ertaga mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan “Sharq – Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari ham xavfsizlikka nisbatan umumiy tahdidlarga qarshi kurashishda o‘zaro amaliy hamkorlikni kengaytirish va maxsus kuchlar bo‘linmalarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Hurmatli forum ishtirokchilari!
Afsuski, geosiyosiy keskinlik va nizolarning kuchayishi, yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch taqchilligi, global xavfsizlik institutlari rolining pasayishi terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashishda ochiq hamda samarali xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati