Touni Saudiyada qancha mablag‘ ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 14:10
"Al-Ahli" hujumchisi Ayvan Touni Saudiya klubi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra haftasiga deyarli 600 ming yevro oladi, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, hujumchining belgilangan maoshi 475 ming yevroni tashkil qiladi va bonuslarni hisobga olsak, Touni 593 ming yevro olishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, "Al-Ahli" 31 avgust kuni 28 yoshli Ayvanning transferini e’lon qilgandi. Futbolchi 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Touni 2020 yil sentyabr oyidan beri "Brentford"da o‘ynab kelayotgandi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 17ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umuman olganda, hujumchi maydonda 1449 daqiqa o‘tkazdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati