O‘zbekiston Qozog‘iston bilan kosmosga sun’iy yo‘ldosh uchirishi mumkin
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-09-2024, 13:48
Ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J.Madiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, raqamli ko‘nikmalarni o‘qitishni ta’minlash, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformasiya bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, raqamli innovasiyalarni jadallashtirish uchun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi.