O‘zbekiston Qozog‘iston bilan kosmosga sun’iy yo‘ldosh uchirishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 13:48
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegasiyasi joriy yilning 2 – 3 sentyabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan «Raqamli inklyuziya va transformasiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi»da ishtirok etish uchun xizmat safarini amalga oshirdi.

Ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J.Madiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, raqamli ko‘nikmalarni o‘qitishni ta’minlash, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformasiya bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, raqamli innovasiyalarni jadallashtirish uchun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati