Eldor Shomurodov: «Biz kutgan bosqich boshlanmoqda»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 13:34
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ertaga bo‘lib o‘tadigan KXDRga qarshi o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz kutgan eng asosiy bosqich boshlanmoqda. Bizni oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bor va uni amalga oshirish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Avvalgi sikllarda nisbatan yosh o‘yinchi bo‘lganman. Unda jamoamizda tajribali futbolchilar ko‘p edi. Hozirgi bosqich men uchun ko‘proq muhim. Boisi o‘sha o‘yinchilar o‘rnida men turibman. Mendan ko‘p narsa kutishmoqda va zimmamda katta yuk turganini bilib turibman. Avvalgi bosqichlarda to‘plangan tajriba asosida, yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqargan holda harakat qilamiz», – dedi terma jamoamiz sardori.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 saralashining 3-bosqich, 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – KXDR uchrashuvi ertaga 19:00 da «Bunyodkor» stadionida start oladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati