Zelenskiy: Rossiyada bosib olingan hududlar muzokaralar uchun zarur

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 13:16

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kuni NBC News telekanaliga bergan intervyusida Kiyev avgust oyi boshida kutilmagan hujum natijasida qo‘lga kiritilgan Rossiya hududini noma’lum muddatga ushlab turishni rejalashtirayotganini aytdi. Shu tariqa Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokara stoliga o‘tirishga majburlamoqchi.

«Bizga ularning yerlari kerak emas», dedi Zelenskiy. Ukraina bosib olingan hududlarni nazorat qilishni davom ettirish niyatida, chunki prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu «g‘alaba rejasi» ning bir qismi va urushni tugatish. Zelenskiy bu rejani Kiyevning ittifoqchilari va xalqaro hamkorlariga taqdim etish niyatida ekanligini aytdi.

Deyarli bir oy muqaddam Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk viloyatiga maxfiy operasiya natijasida kirib kelgan edi. Hozirda Kiyev Rossiya hududining qariyb 1300 kvadrat kilometrini nazorat qilishini da’vo qilmoqda va yuzlab rus harbiy asirlarini asirga olgan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 6 avgust kungi hujumdan maqsad rossiyaliklarning Ukraina bilan chegarada bufer zona yaratishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. Avvalroq Putin Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya chegarasidagi yerlariga hujumlarini oldini olish uchun Ukraina chegara hududini egallab olishga va’da bergan edi.

NBC News jurnalistining Ukraina rejalarida hujumni davom ettirish va Rossiyaning ko‘proq hududlarini egallashga urinish bormi, degan savoliga Zelenskiy bu mavzu haqida gapira olmasligini aytdi.
Zelenskiy, shuningdek, NBC News telekanaliga Bayden ma’muriyati Kursk operasiyasi rejalaridan bexabarligini aytdi, chunki bu hatto Ukraina ichida ham qattiq himoyalangan sir edi.
Vashington bir necha bor Kiyevning Kursk viloyatiga oid rejalaridan xabardor emasligini ta’kidlagan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati