Kuleba Oliy Radaga iste’foga chiqish haqida ariza berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 12:56
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Oliy Radaga iste’foga chiqish haqida ariza berdi.

Bu haqda Ukraina parlamenti spikeri Ruslan Stefanchukning Facebook`dagi postiga tayanib, «RBK Ukraine» xabar berdi. Kulebaning bayonoti bo‘lajak yalpi majlislardan birida ko‘rib chiqiladi, deb yozdi Stefanchuk.

Avvalroq, Kuleba boshqa vazirlar va bosh vazir o‘rinbosarlarining iste’foga chiqish so‘rovlari fonida ishdan bo‘shatilishi haqida «Ukrainska pravda» prezident Vladimir Zelenskiyga yaqin manbalariga tayanib ma’lum qilgan edi. Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Kulebaning vorisi uning birinchi o‘rinbosari Andrey Sibiga bo‘lishi mumkin.

Kulebaning o‘zi iste’foga chiqishiga izoh bermadi. U 2020 yilning mart oyidan buyon Ukraina tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

3 sentyabr kuni Ukraina Oliy Radasiga uchta vazir – strategik sohalar bo‘yicha Aleksandr Kamishin, adliya vaziri Denis Malyuska va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Strelets iste’foga chiqdi. Seshanba kuni parlament spikeri Ruslan Stefanchuk Davlat mulk jamg‘armasi raisi Vitaliy Koval ham xuddi shunday ariza bilan murojaat qildi. Keyinroq Radaga Bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integrasiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina hamda Bosh vazir o‘rinbosari, vaqtincha bosib olingan hududlar reintegrasiyasi bo‘yicha vazir Irina Vereshchuk iste’foga chiqqani ma’lum bo‘ldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati