Srechko Katanets: Hamma o‘yinchilar o‘yinga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 12:54
Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi KXDRga qarshi o‘yinda ishtirok etadi. Bugun tashkil etilgan matbuot anjumanida murabbiy Srechko Katanets uchrashuv haqida gapirdi.

"Barchasi joyida, futbolchilarimiz o‘yinga tayyor. Kechagi mashg‘ulotda ham jamoamiz diqqat va e’tibor bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdi. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, shu sababli maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish.

Taqvim va jamoaning holati haqida

— Raqibimiz biz bilan o‘yinga qadar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaza oldi, ko‘proq mashg‘ulotda qatnashdi . Biz esa yaqinda yig‘ildik, biroq bu narsa biz uchun yangilik emas. 3 yildan buyon jamoa bilan birgamiz va bu borada yetarlicha ko‘nikmaga egamiz. Hamma futbolchilar yig‘inga bir xil holatda yetib kelmadi, kimdir ko‘proq o‘ynadi, kimdadir vaziyat boshqacha. Lekin mening vazifam barchasini tahlil qilish va o‘yinga tayyorlash hisoblanadi.

Hammasi joyida, biz shu ruhda davom etishimiz kerak. Bu bosqichda barcha jamoalar kuchli hisoblanadi, xususan, ertangi raqibimiz ham.

Yaqin yillardagi tarkibdagi o‘zgarishlar haqida
— Men ertaga nima bo‘lishini bilmayman, oldimizda katta yo‘l bor. Asosiy e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan.
Ertangi tarkib haqida
— Tarkib borasida ertaga barchamiz guvohi bo‘lamiz.
Raqib haqida

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati