Bo‘stonliqda bir haftada ikkita yong‘in sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 11:38
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4 sentyabr kuni soat 01:46 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Bo‘stonliq tumani “Qoronqul” mahallasi hududida ochiq dala maydonda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yong‘in joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda 30 nafar qutqaruvchi jalb qilingan. Yong‘in “Qoronqul” MFY hududidagi tuman zaxira yerlarida 2 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shox-shabba yongan.

Olib borilgan sa’y harakatlar natijasida yong‘in soat 02:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Bir hafta avval, 29 avgust kuni soat 00:35 da ham Bo‘stonliq tumanidagi o‘rmon yer maydonlarida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmullo o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.

Yong‘in Bo‘stonliq tumani “Ma’rifat” MFY, Burchmullo o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda 1,5 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shoh-shabba yongan. Olib borilgan sa’y harakatlar natijasida yong‘in soat 01:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati