BMT Bosh kotibining maxsus vakili Senatga tashrif buyurdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 10:30
BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, shu jumladan, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi o‘rtasidagi hamkorligining hozirgi holati va istiqboldagi rejalari ko‘rib chiqildi.



Mintaqa davlatlari o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalari, iqtisodiy o‘sish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, gender tenglikni ta’minlash hamda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shu jumladan, ta’lim bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada ta’sirchan parlament nazorati orqali hamkorlikda aniq manzilli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati